Superliga-2024. 4 fevral kuni musobaqaga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2024
Superliga yangi mavsumiga 4 fevral kuni qur'a tashlanadi.

Jarayon Sport-TV orqali 21:00 dan boshlab jonli efirga olib chiqiladi.

Avvalroq Liga Superliga klublari mavsumni qaysi stadionlarda boshlashi masalasiga oydinlik kiritgandi. Qur'a jarayonida bu holat inobatga olinadi va 1 ta stadiondan foydalanadigan klublar o'zaro juftlik hosil qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz