Superliga-2023. Gol+pasda kimlar peshqadam?

Narzulla Saydullayev
13 dek 2023
2023 yilgi Superligada faqatgina 12 nafar futbolchi gol+pas tizimida 10 ball va undan ko'p to'pladi xolos.

"Surxon" hujumchisi Silvanus nimeli bu borada yakka peshqadam bo'ldi - 18 ball. U 12ta gol urdi va 6 marta samarali harakatni amalga oshirdi (pas va penalti ishlash).

Chempionat to'purari Dragan Cheran esa 13ta goldan tashqari 3 marta sheriklari gol urishiga yordam berdi. "Burgutlar" hujumchisi Rubin Xebayning ko'rsatkichi 12+3.

Superligada eng ko'p assist qayd etgan futbolchilar "Paxtakor" qanot himoyachilari hisoblanadi. Alijonov ham, Sayfiev ham 8tadan gol urilishiga hissa qo'shishdi. Keyingi o'rinlarni esa "Navbahor" vakillari Temurxo'ja Abduholiqov va Jamshid Iskanderov egallashdi - 7tadan assist.


GOL+PAS 
Silvanus Nimeli ("Surxon") 12+6
Dragan Cheran ("Paxtakor") 13+3
Rubin Xebay ("Andijon") 12+3
Xurshid G'iyosov (OKMK) 9+6
Oston O'runov ("Navbahor") 9+2
Toma Tabatadze ("Neftchi"/"Navbahor") 9+2
Jamshid Iskandarov ("Navbahor") 4+7
Islom Kenjaboev ("")8+2
Zabihillo O'rinboev 7+3
Temurxo'ja Abduholiqov 3+7
Hojiakbar Alijonov 2+8
Farruh Sayfiev 2+8



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia