Superliga-2022ning eng chiroyli goli muallifi legionerga aylandi

Khoja
12 fev 2024
Superliga-2022ning eng chiroyli goli muallifi Islom Toshpo'latov faoliyatini Tojikistonda davom ettiradigan bo'ldi.

 O'tgan mavsum “Qizilqum” safida harakat qilgan futbolchi “Xo'jand” klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2022 yilda "Yil goli" nominaciyasida g'olib bo'lgan.

Ma'lumot uchun, 2023 yilgi Superligada Toshpo'latov 14ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia