Superliga-2020ga qachon qur'a tashlanishi ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
5 fev 2020
PFL 2020 yilgi Superliga bahslariga 28 fevral kuni start berilishi haqida xabar bergan edi.

Ammo, shu kunga qadar yangi mavsumga qachon qur'a tashlanishi noma'lumligicha qolayotgandi.

Superligada yangi mavsum boshlanishiga 30 kun qoldi. Qur'a qachon bo'lishi hamon noma'lum


"Sport" telekanalining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntida ma'lum qilinishicha, 2020-yil 8 fevral kuni Toshkent shahrida joylashgan "Bunyodkor" stadionida futbol bo'yicha 2020 yilgi Superliga mavsumiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. O'z navbatida, "Sport TV" ana shu jarayonni jonli efirda namoyish etadi.


Ma'lumot uchun, 2019 yilgi Superliga bahslariga 25 fevral kuni qur'a tashlangan va mavsum 8 mart kuni chempionat boshlangan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia