Superliga-2020 yakunlari. Bu mavsum barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan yagona futbolchi kimligini bilasizmi?

Narzulla Saydullayev
6 dek 2020
Hisob bo'yicha 29-O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

O'quvchilarimiz e'tiboriga turli statistik ma'lumotlarni berishni boshlaymiz.

2020 yilgi Superligada bir nafar futbolchi barcha 26ta o'yinda maydonga tushdi va to'liq o'ynadi. Bu "Qizilqum" himoyachisi Oleg Tolmasov bo'ldi. Rossiyalik futbolchi 26ta o'yinda hakamlar tomonidan 3 bor ogohlantirildi.

Ma'lumot uchun, 2019 yil O'zbekiston chempionatida Anzur Ismoilov va Umar Eshmurodov, 2018 yilda faqat "Qo'qon-1912" posboni O'tkir Yusupov barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan edi. 2017 yilda esa "Nasaf" vakili Umar Eshmurodov barcha uchrashuvlarda to'liq harakat qilgandi.


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia