Superliga-2020. Ikkinchi turda eng ko'p tomoshabin Namanganda

Narzulla Saydullayev
9 mar 2020
Superliganing 2-turidan o'rin olgan 7ta o'yinni ko'rish uchun stadionlarga jami 52154 tomoshabin tashrif buyurdi.

Bu har bir o'yinga o'rtacha 7450tomoshabin bor edi deganidir.

Eng ko'p muxlis "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuviga keldi - 25328. Qizig'i turdagi qolgan 6ta o'yinni qo'shsak 26826 tomoshabin chiqadi.



Keyingi o'rinni 8476 tomoshabin kelgan "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvi egalladi.

Turdagi eng kam muxlis "Bunyodkor" - "Mashal" uchrashuviga keldi - 1465.

Ma'lumot uchun, Superliganing 1-turiga 38607 tomoshabin kelgan edi (o'rtacha 5515).


Superliga. 2-turdagi tomoshabinlar tashrifi
"Navbahor" - "Lokomotiv" - 25328 tomoshabin
"Nasaf" - "Andijon" - 8476 tomoshabin
"Paxtakor" - "Buxoro" - 6734 tomoshabin
"Metallurg" - "Qo'qon-1912" - 5221 tomoshabin
"So'g'diyona" - AGMK - 2572 tomoshabin
"Qizilqum" - "Surxon" - 2358 tomoshabin
"Bunyodkor" - "Mashal" - 1465 tomoshabin


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia