

Bu har bir o'yinga o'rtacha 5515 tomoshabin bor edi deganidir.
Eng ko'p muxlis "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuviga keldi - 15320. Dastlabki turdagi qolgan hech bir bahsga 10 mingdan ziyod muxlis kelmadi.

Keyingi o'rinni 5178 tomoshabin kelgan "Qo'qon-1912" - "Buxoro" uchrashuvi egalladi.
Turdagi eng kam muxlis "Lokomotiv" - "Andijon" uchrashuviga keldi - 3210.
Ma'lumot uchun, 2019 yilgi Superliganing 1-turiga 60689 tomoshabin kelgan edi (o'rtacha 8670).

Superliga. 1-turdagi tomoshabinlar tashrifi
"Paxtakor" - "Navbahor" - 15320
"Qo'qon-1912" - "Buxoro" - 5178
"Surxon" - "Bunyodkor" - 3920
"Qizilqum" - "Nasaf" - 3752
AGMK - "Metallurg" - 3727
"Mashal" - "So'g'diyona" - 3500
"Lokomotiv" - "Andijon" - 3210



