Superliga: 12-tur o'yinlaridan 4 tasida vaqt masalasi aniq bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 may 2018
O'zbekiston Superligasining 12-turidan joy olgan 4 ta uchrashuvning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi.

14 may sanasiga ko'chirilgan “Nasaf” - “Neftchi” uchrashuvi PFL tomonidan soat 18:00 ga tayin qilindi. 15 may kunidan joy olgan 3 ta bellashuv esa bir vaqtda - 18:00 da start oladi

12-turning 22 may kuni o'tishi kerak bo'lgan 2 ta o'yini vaqti keyinroq ma'lum qilinadi. Oldindan aytilganidek, PFL bunda Ramazon taqvimidan kelib chiqishni maqsad qilgan. Rejaga ko'ra, futbol uchrashuvlarining birinchi bo'limi iftorlik vaqti kirib kelishiga yaqin yakunlanishi kerak.

12-tur
14 may, dushanba

“Nasaf” - “Neftchi” 18:00

15 may, seshanba
AGMK - “Bunyodkor” 18:00
“Navbahor” - “Metallurg” 18:00
“So'g'diyona” - “Paxtakor” 18:00

22 may, seshanba
“Lokomotiv” - “Qizilqum”
“Qo'qon-1912” - “Buxoro”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com