Superliga: 11-tur o'yinlarining boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2018
Superliganing 10, 11 va 12 may kunlariga belgilangan uchrashuvlarining boshlanish vaqtlari e'lon qilinmoqda.

Kunlar isib, jazirama yoz tomon yaqinlashgan sari Superliga o'yinlarining vaqtlari ham tomoshabinlarbop vaqtga belgilanayotganligi barchaga ma'lum. Kuni kecha soat 20:00 vaqti kimlar uchundir kechki oqshomdek tuyulgan bo'lsa, buyog'iga 20:30, hatto 21:00 ham ayni muxlislar istagidek holatda bo'lishiga shubha yo'q.

11-tur
10 may (payshanba)

“Qo'qon-1912” - “Neftchi” 18:30
“Metallurg” - AGMK  20:30

11 may (juma)
“Nasaf” - “Paxtakor”  18:30
“Lokomotiv” - “Buxoro” 20:30
 
12 may (shanba)
“So'g'diyona” - “Bunyodkor”  18:30
“Navbahor” - “Qizilqum”  20:30


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz