Superkompyuter talqiniga ko'ra qaysi jamoa APL g'olibi bo'ladi?

Mirjalol Normatov
29 dek 2024
"Opta" superkompyuteri APLning ushbu mavsumdagi g'olibi nomini taxmin qilib ko'rdi.

Unga ko'ra, ayni damda APL turnir jadvalida yetakchi bo'lib turgan "Liverpul"ning imkoniyatlari 87,8 foizga baholandi. "Arsenal"ning imkoniyatlari esa 10,7 foizga, "Chelsi"niki 1,3 foizga baholandi. "Manchester Siti"ning chempionlik ehtimoli 0,2 foizni tashkil qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta