"Suonsi" MYUni bir yoqlik qilishni istayotgan murabbiyni jamoaga taklif etmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2017
"Suonsi Siti" rahbariyati Lui van Galni jamoaning bosh murabbiyiga aylantirmoqchi.

"Oqqushlar" bu joyga Angliyada ishlagan tajribali mutaxassisni olib kelmoqchi. Nomzodlar orasida Slaven Bilich, Toni Pyulis va Ronald kuman bor.

"Suonsi" Pol Klementni iste'foga chiqardi. Jamoa 18 turdan so'ng Angliya chempionati turnir jadvalida 12 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi.

Oldinroq, van Gal Angliyaga qaytib,  "Manchester Yunayted"ni bir yoqlik qilmoqchi ekanligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror