Sunnatilla Mamadaliev: “Namangandagi xatolarimizni to'g'irlab qo'yamiz”

Narzulla Saydullayev
25 avg 2016, 15:56
“Sho'rtan” va “Navbahor” o'rtasidagi bugungi uchrashuv oldidan “Oq bo'rilar” jamoasining tajrbali futbolchilaridan biri Sunnatilla Mamadaliev quyidagi fikrlarini bildirib o'tdi:

-   Namanganda o'tgan birinchi davra uchrashuvida yo'l qo'ygan qo'pol xatolarimiz evaziga mag'lub bo'lgan edik. Vaholanki, o'sha o'yinni yaxshi boshlagandik. Tashabbusni ham ancha vaqt o'z qo'limizda ushlab turdik. Bir so'z bilan aytganda, safardan ijobiy natija bilan qaytishimiz ehtimoli yuqori edi...

O'tgan uchrashuv endi allaqachon tarixda qoldi. Bugun esa Namangandagi xatolarimizni to'g'irlab qo'yadigan payt keldi. Demak, chiroyli va hujumkor o'yinimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz.   


"Sho'rtan" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia