Sunnatilla Mamadaliev bo'ydoqlar safini tark etdi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2014
“Metallurg” futbol klubining 2014 yilgi to'purarlaridan biri, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi Sunnatilla Mamadalievning nikoh to'yi bo'lib o'tdi.
Yangiyo'l tumanidagi “Bahor” to'yxonasiga tashrif buyurgan yor-birodarlar, qarindosh-urug'u, tanish-bilishlar Sunnatilla va Saodatxonlarning visol oqshomi ishtirokchisiga aylanishdi. Shirin tilaklar, sho'x-shodon kuy-qo'shiqlar hamohangligida o'tgan kecha barcha yig'ilganlar yodida uzoq saqlanib qolishi shubhasiz.
 
O'z navbatida “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, barcha jamoadoshlar va muxlislar nomidan biz Sunnatilla hamda Saodatxonlarga nikohlari abadiy, turmushlari shirin, hayotlari farovon va mazmunli bo'lishini, serfarzand, syerdavlat umr kechirishlarini tilab qolamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: metallurg-pfc.uz