

"O'yin boshidan biz kutgan voqea ro'y berdi. Mezbonlarning yo'qotadigan narsasi yo'q edi. Shu sababli ko'proq hujum tashkil qilishi kutgandik. Birinchi bo'limda himoyada ishonchli o'ynadik va gol o'tkazib yubormadik. Ikkinchi bo'limda esa kutilmagan vaziyatda to'p olib chiqdik. Lekin g'alabaga bo'lgan harakter evaziga muvaffaqiyat qozondik.
"Neftchi"ga kelsak, Superligaga qaytgani sababli, ularga biroz vaqt kerak deb o'ylayman. Ikkinchi davraga kelib, jamoa o'z o'yinini topib oladi.
Joriy mavsumdagi maqsadimiz Osiyo Chempionlar ligasiga yo'llanma olish hisoblanadi. Bunga erishish uchun kurashishda davom etamiz".



