Sudya prokuraturadan Benzemani sud nazoratidan ozod etishni so'radi
Aslanov Jasurbek
2 fev 2016
"Real" hujumchisi Karim Benzmaning ishini olib borayotgan sudya Natali Butar prokuraturadan futbolchini sud nazoratidan ozod qilishni so'radi.
Ma'lumotlarga ko'ra, agar javob qoniqarli bo'lsa Benzema yana Fransiya terma jamoasida o'ynashi va Evro-2016da qatnashishi mumkin. Futbolchi sud nazoratidan ozod qilinsa ham, jazodan qutilib qola olmaydi.