Suares yozda "Atletiko"dan ketadi. Unga "Inter", "Sevilya" va "Ayaks" qiziqish bildirmoqda

Alisher
8 mar 2022, 12:10
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares joriy mavsum so'nggida shartnomasi yakuniga etganidan so'ng Madrid klubidan ketadi.

35 yoshli urugvaylik futbolchiga "Sevilya", "Inter", "Ayaks" va nomi aytilmayotgan bir nechta Braziliya klublari qiziqish bildirmoqda.

Suares 2021/22 yilgi mavsum "Atletiko" libosida barcha musobaqalarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca