Sterling "Chelsi"ni tark etishni istamaydi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2023
Angliyalik futbolchi "Chelsi"da ekanidan mamnunligini bildirdi.

"Uch sherlar" termasi a'zosi "ko'klar" tarkibiga yozda 47,5 mln funt evaziga "Manchester Siti"dan borib qo'shilgan edi. 

Grem Potter qo'l ostida jamoa qiyin davrni boshdan kechirayotgani bois Sterlingning "Stemford Brij"ni tark etishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lum qilinishicha, 28 yoshli futbolchi "Chelsi"dagi kelajagi haqida hech narsani o'ylagani yo'q va yozda uning klubdagi o'rni qayta ko'rib chiqilishi rejalashtirilmagan.

Rahim Sterling ushbu mavsum "Chelsi" libosida jami 25 ta o'yin o'tkazdi va 6 ta gol urib, 3 ta assist qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail