

Futbolchiga shaxsan kanonirlar ustozi Mikel Arteta qiziqib qolgan. Ular Manchester Sitida birga ishlashgan. Sterling Siti safida kam maydonga tushayotgani bois boshqa klubga o'tishi mumkin. Oldinroq Sterlingga Barselona ham qiziqqandi.
Sterling Manchester Sitida 2015 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Bu mavsumda futbolchi APLda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.




