Starrij Avstraliyaning "Pert Glori" klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
1 okt 2021
Forvard Deniel Starrij Avstraliyaning "Pert Glori" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

32 yoshli angliyalik bilan kelishuv 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Starrijning so'nggi klubi "Trabzonspor" bo'lgandi, u turk klubida 2019 yilning avgustidan 2020 yilning martiga qadar harakat qilgan. Forvard shuningdek "Manchester Siti", "Chelsi", "Liverpul" va "Vest Xem" jamoalari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/perthgloryfc