Stadionda unutib qoldirilgan futbolchi YPX mashinasida jamoasiga yetib oldi

Оқил Абдубарноев
6 mar 2024
Mazkur voqea Argentinada sodir bo'ldi.

Argentinaning "Racing" klubi futbolchisi Fakundo Mura hafta oxirida jamoasining "Platense"ga qarshi o'yinidan so'ng o'ziga xos voqeani boshdan kechirdi.

Mura stadionning kiyinish xonasidan chiqib, jamoani olib ketayotgan avtobusni topa olmagan. 

Ma'lum bo'lishicha, futbolchi o'yindan keyin dushga kirgan, biroq odatdagidan ko'proq vaqt qolib ketgan. Keyinchalik u qolgan jamoadoshlari ketishdan oldin uzoq vaqt uyali telefonini titkilagan. Ammo kiyim almashtirish xonasidan chiqqanida, avtobus allaqachon jo'nab ketganiga guvoh bo'lgan.

Futbolchi policiyadan yordam so'radi va jamoa avtobusiga yetib borishi uchun patrul mashinasida jamoadoshlari yoniga yetib oldi.

VIDEO


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Tiempo

O'xshash yangiliklar