Srechko Katanets sog'lig'idagi muammo sabab Sloveniyaga uchib ketdi
Omonjon To`xtamirzayev
23 mar 2024
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog'lig'i bilan kutilmaganda yuzaga kelgan muammolar tufayli o'z vatani Sloveniyaga jo'nab ketishga majbur bo'ldi.
Gonkong terma jamoasi bilan bo'ladigan o'yinga milliy jamoamiz murabbiy assistenti Alesh Chex boshchiligidagi shtab qo'l ostida tayyorgarlikni davom ettiradi.