YANGILANDI. SPORT TV: "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvi namoyishi tiklandi

Aslanov Jasurbek
13 mar 2020
Ayni damda "Surxon" hamda "Nasaf" o'rtasida Superliganing 3-tur uchrashuvi o'tkazilmoqda.

Ushbu o'yin "SPORT TV" orqali jonli efirda namoyish etilishi kerak edi, biroq bahs televideniya orqali ko'rsatilmayapti. Telekanalning Telegramdagi rasmiy sahifasi bu borada quyidagi ma'lumotni berdi:

"Texnik sabablarga ko'ra, Superliga 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Nasaf" o'yini telekanalimizda jonli efirga uzatilmaydi. Bahs yozib olingan holda namoyish etiladi. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz".

20 daqiqadan so'ng telekanalning Telegramdagi sahifasida yangi xabar paydo bo'ldi:

"Qadrli muxlislar. "Surxon" - "Nasaf" o'yini namoyishi tiklanadi. Noqulaylik uchun uzr so'raymiz".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/uzsport_tv