SPORT TV futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'yinlarini namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2018
Ertaga Xitoy Taypei mamlakatida futzal bo'yicha Osiyo chempionati boshlanadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ushbu Osiyo chempionatida guruh bosqichida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.

SPORT telekanali O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi barcha o'yinlarni jonli namoyish etishni rejalashtirmoqda.


Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.

1 fevral
13:30 O'zbekiston - Janubiy Koreya

16:00 Yaponiya - Tojikiston

3 fevral
13:30 Tojikiston - O'zbekiston

16:00 Janubiy Koreya - Yaponiya

5 fevral
13:30 O'zbekiston - Yaponiya

13:30 Tojikiston - Janubiy Koreya


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia