

O'zbekiston futzal terma jamoasi ishtirok etadigan ushbu turnir 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi futzal bo'yicha mundialning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya, Panama jamoalariga qarshi o'ynaydi.
O'zbekistonlik o'yinchilar ilk bahsda Panama terma jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Ushbu uchrashuv 11 sentyabr kuni tonggi soat 04:00da boshlanadi.



