

Jumladan, Kopa Amerika g'olibi Argentina va Yevropa chempionati g'olibi Italiya o'rtasidagi o'yin O'zbekistonda namoyish etiladi.
O'zbekiston MTRK 2022-yil 1-iyun kuni Londonda bo'lib o'tadigan ushbu o'yinni translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritdi.
Shuningdek, UEFA tasnifidagi Millatlar ligasi yangi mavsumi, Yevropa chempionati 2024 va 2028 saralash o'yinlari namoyish huquqi ham xarid qilindi. Endilikda ko'hna qitada terma jamoalar o'rtasidagi qiziqarli uchrashuvlarni MTRK tizimidagi telekanallar, xususan “Sport” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.



