"Sport" telekanali Yevropaning top-5 chempionatlaridan birini namoyish etadi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2017
Yevropaning top-5 chempionatlari tez orada start oladi.

So'nggi mavsum O'zbekistonda Yevropaning bir nechta chempionat uchrashuvlari jonli efirda va yozib olingan holda namoyish etdi. Yangi mavsumda ham muxlislar futbol o'yinlaridan bahra olishlari mumkin.

"Sport" telekanali 2017/18 mavsumda hozircha faqat Fransiya chempionatini namoyish etish huquqini qo'lga kiritdi. Ertadan boshlab ushbu birinchilik o'yinlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Fransiya chempionati o'yinlari jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia