

Agar Oston "Spartak" tarkibida ma'lum bir o'yinlar sonini o'tkazsa va samarali harakatlar soni bo'yicha ma'lum ko'rsatkichlarga erishilsa, yana 0,5 million evro "Ufa"ga to'lanishi mumkin.
Metaratings.ru'ga ma'lum bo'lishicha, "Spartak" O'runovning keyingi transferidan 20%gacha bo'lgan mablag'ni "Ufa"ga to'laydi.
Shunday ekan, "Ufa" "Spartak"dan qo'shimcha to'lovlarni O'runovning yangi klubga ketganidan so'ng olishi mumkin.
O'zbekistonlik futbolchi shu yilning fevralida "Ufa" bilan 4 yillik shartnoma imzolagandi. Boshqirdiston klubi esa "Lokomotiv" (Toshkent)ga 200 ming evro to'lagan.
O'runov "Ufa" tarkibida joriy mavsumda 10ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt Ostonni 900 ming evrga baholamoqda.
Manba: metaratings.ru



