“Spartak” sobiq ustozi “Leyptsig” murabbiyiga aylanishi mumkin

Eldor Akmurzayev
5 dek 2021
Bu haqda “Sportbuzzer” xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Leyptsig” tez orada Jessi Marshni iste'foga chiqaradi. Jamoa uning boshqaruvida Bundesliga jadvalida 14 o'yindan keyin 18 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda. Domeniko Tedesko esa Marshning o'rnini egallashga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda.

Eslatib o'tamiz, Tedesko 2019 yil oktyabrida “Spartak” ustozi etib tayinlangan va 2021 yil yozida shartnomasi tugagani tufayli klub bilan xayrlashgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sportbuzzer