

Moskvaliklardan tashqari hujumchini "Suonsi Siti", "Valensiya" va "Marsel" o'z safida ko'rmoqchi.
Boni transferi uchun asosiy nomzod "Suonsi" hisoblanmoqda. "Oqqushlar" yaqin vaqt ichida 28 yoshli forvard uchun "Manchester Siti"ga 13 mln. funt taklif qilishadi. Oldinroq, "shaharliklar" 10 mln. funtlik taklifni rad etgani e'lon qilingan edi. Bonining o'zi ham 2013-2015 yillarda to'p tepgan "Suonsi"ga qaytmoqchi.



