

"Men Mourinyuning yoki boshqa birovning fikrlarini muhokama qilishni xohlamayman. O'yinni o'zim tahlil qilmoqchiman. "Roma" biz uchun juda ko'p "tuzoq" tayyorladi, biroq mening jamoam hujumlarni o'z jarima maydonchasidan boshlashga urinib xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa-da, qiyin vaziyatlardan chiqib ketdi.
Biz g'alaba qozonishimizga yordam beradigan ikki-uch golli vaziyatlar yaratdik va "Roma"ga o'zlari yaxshi bo'lgan birorta ishini qilishiga yo'l qo'ymadik, yani himoyada va qarshi hujumda o'ynashiga yo'l qo'ymadik.
Tashqaridan qaraganda, "Roma" hujumchilar umidida to'pni oldinga tepayotgandek tuyulishi mumkin, lekin aslida bu harakatlarda ma'lum bir taktika bor. Biroq biz g'alaba qozona oldik, hattoki o'zimiz uchun biroz noodatiy uslubda to'p tepdik. Buning uchun esa jamoam alohida maqtovga loyiq", – dedi Spalletti.



