Spalletti ketsa, o'rniga kim keladi?

Sherzod Nurmatov
20 may 2023
Neapolliklar chempion murabbiyni qo'yib yuborishga yaqin turibdi.

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoani qabul qilib olish borasida Rafael Benites bilan aloqaga chiqdi, deya xabar berdi "La Gazzetta dello Sport". 

"Napoli" hozirgi ustozi Luchano Spallettining klub boshlig'i bilan munosabatlari darz ketgan, garchi murabbiy 33 yillik tanaffusdan so'ng "Napoli"ga liga chempionligini qaytargandi.

Rafael Benites 2013-2015 yillarda "Napoli"ni boshqargan va 2014 yilda Italiya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

Benites yagona nomzod emas. Aurelio De Laurentis Neapol klubini Kristof Galte, Antonio Konte, Jan Per Gasperini yoki Vinchenco Italyanoga ishonib topshirishga tayyor.


Spalletti "Napoli"dan kyetishi mumkin. Murabbiy De Laurentis bilan urushib qolgan 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport