

2020 yilgi Superligada debyut qilgan va 11ta uchrashuvda maydonga tushgan 22 yoshli himoyachining "Buxoro" bilan tuzgan shartnomasi o'z nihoyasiga etdi.
Bu haqda futbolchining o'zi championat.asia saytiga ma'lum qildi.
"Ha "Buxoro" bilan tuzgan shartnomam yakunlandi. Ayni paytda oldimda O'zbekistondan ikkita taklif bor. Malayziyadan ham qiziqish bor, agar bu klub bilan kelisha olsak legionerga aylanishim mumkin. 2020 yilgi mavsum men uchun juda katta maktab bo'ldi, yangi mavsumdan ko'p narsa kutyapman", - deydi Karimov.



