Solanke va Kuk Angliya terma jamoasiga chaqirildi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2017
"Liverpul" hujumchisi Dominik Solanke va "Bornmut" yarim himoyachisi Lyuis Kuk 14 noyabr kuni bo'ladigan Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun Angliya terma jamoasiga chaqirildi.

Angliya terma jamoasi himoyachisi Fil Jons "Manchester Yunayted" safiga qaytadi. Futbolchi Germaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:0) jarohat oldi.

Solanke va Kuk Angliya U20 terma jamoasining asosiy futbolchilari hisoblanishadi. Ular yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida birinchi o'rinni egallashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com