"So'g'diyona" "Bunyodkor" yoshlarini mag'lub etdi. Serbiyalik futbolchi dublga erishdi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2020, 10:24
Kecha Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Toshkentda "Bunyodkor" yoshlari bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Serbiyalik legioner Marko Kolakovich dublga erishgan bo'lsa yana bir golga Elyor Orifov mualliflik qildi - 3:0.

"So'g'diyona" safida serbiyalik Nikola Kovachovich va braziliyalik Elivento Ribeyro kabi legionerlar ham o'ynashdi.

Nazorat uchrashuvi
"Bunyodkor" U-21 - "So'g'diyona" - 0:3
Gollar:
Marko Kolakovich 18, 35, Elyor Orifov 72.

"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Shavkat Mulajonov, Iskandar Shoyqulov, Shahboz Jo'rabekov, Oybek Nurmatov, Shohruz Norxonov, Sahob Rashidov, Ivan Nagaev, Nikola Kovachovich, Marko Kolakovich.
Zaxiradan tushganlar: Shirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov,Elyor Orifov, Dian Talxatov, Jasur Hasanov, Sanat Shixov, Sanjar Rashidov, Jamshid Boltaboev, Bahodir Nasimov, Elivento Ribeyro.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia