Sofascore. Tojikiston - Iordaniya va Avstraliya - Koreya Respublikasi o'rtasidagi bahslarda kim eng yaxshisi bo'ldi?

Khoja
3 fev 2024
Sofascore Osiyo kubogining dastlabki chorak final uchrashuvida ishtirok etgan jamoalar futbolchilarini qanday balga loyiq ko'rilganini e'lon qildi.

Tojikiston - Iordaniya uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb Abdallah Nasib tan olingan. Qanot himoyachisining kechagi o'yini 7,7 balga baholangan.

Avstraliya - Koreya Respublikasi o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi esa Son Xyon Min bo'ldi. Koreyaliklar sardori uchrashuvning 104-daqiqasida jamoaga g'alaba golini taqdim etgandi.


KhojaMuallif
Manba: Sofascore