Sofascore. Shomurodov va Fayzullaev kechagi ajoyib harakatlari uchun necha bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
7 dek 2025
Turkiya Superligasi 15-tur doirasidagi "Bashakshexir" - "Fenerbaxche" (1:1) o'yini bo'lib o'tdi.

“Bashakshexir” safida hujumchi Eldor Shomurodov 90 daqiqa harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushib, 71-daqiqada almashtirildi. Hamyurtimiz shuningdek 46-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Sofascore nashri Shomurodovga 6,8 baho qo'ygan bo'lsa, Fayzullaev 6,4 bahoga loyiq ko'rildi.




KhojaMuallif
Manba: sofascore.com