Sobolev "Zenit"ga o'tishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyul 2024
"Spartak" va "Zenit" forvard Aleksandr Sobolev transferini kelishishga yaqin.

Ma'lum bo'lishicha, piterliklar bonuslarni qo'shib hisoblaganda 12 mln evro to'lab beradi. Avvaliga, tomonlar 10 mln evrodan kamroq summaga kelishgandi, biroq keyinroq Moskva klubi narxni ko'tarishga qaror qildi. Yakunda tomonlar 10 mln + bonuslar bo'yicha kelishuvga erishdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com