Smolling "MYU" bilan 2:6 haqida: "Roma" vazifasini juda qiyinlashtirib yubordi"

Aziz Tukhtamuradov
30 apr 2021
"Roma" futbolchisi Kris Smolling "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz juda hafamiz. Barchasi yaxshi ketayotgandi, tanaffusgacha haqli ravishda oldinda ketayotgandik. Ammo ikkinchi taymda barchasi o'zgarib ketdi. Ustunlikni ushlab qola olmaganimizdan afsusdaman. 

Ikkinchi taymda ishonchning yo'qligi o'z so'zini aytdi. Jarohatlar ham bizga halal berdi, ammo bu o'zimizni oqlash uchun sabab emas. Bunday vaziyatlar biz bilar barcha mavsumda bo'ladi. Shunchaki o'yinni boshqarish lozim. 

Biz javob o'yini oldidan vazifamizni judayam qiyinlashtirib yubordik. Qarama-qarshilik hali tugamadi, ammo juda-juda qiyin bo'ladi", - dedi Smolling. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia