Sluckiy: "Vitess" "Yuventus" qila olmagan ishni bajardi"

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019
"Vitess" bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Gollandiya chempionatining 32-turida "Ayaks"dan uchralgan mag'uliyab (2:4) haqida fikr bildirdi.

"Dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynash oson emas. Bu bahs men uchun qiziq edi, chunki shu yo'l bilan o'z muammolaringni va futbolchilar darajasini ko'rib olasan. Endi etarlicha ma'lumotga egaman.

0:3 hisobidan so'ng har bir jamoa rejasini o'zgartirdi. Menimcha himoyada yaxshi o'ynadik. Muvozonat bo'lishi kerak edi, chunki "Ayaks"ga qarshi hujum va himoyada yaxshi o'ynash qiyin.

Ikkita gol urdik. "Yuventus" Amsterdamda buni eplay olmagan edi, biz bajardik" - deydi Sluckiy.

TAS-IX

 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports