Slovakiya, Shvetsiya, Rossiya va Italiya o'smirlari jahon chempionatiga chiqishdi

Narzulla Saydullayev
9 may 2013
Oktyabr-noyabr oyida BAA davlatida bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanma olgan yana 4ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi.
Yevropa qitasidagi chempionatning 2-tur o'yinlari yakunlandi. Aynan mana shu turdan so'ng 6ta yo'llanmadan 4tasining egasi aniqlandi. 

Demak, Slovakiya, Shvetsiya, Rossiya va Italiya o'smirlar terma jamoalari BAAdagi mundialda Yevropa qitasi sharafini himoya qilishadi.

So'nggi ikki yo'llanma 11 may kuni aniqlanadi. Bu yo'llanmalardan biriga Shveytsariya yoki Avstriya, ikkinchisiga Xorvatiya yoki Ukraina ega bo'ladi.

Hozirga qadar quyidagi yo'llanmalar egasi aniq:

Mezbon: BAA
Osiyo: O'zbekiston, Yaponiya, Eron, Iroq.
Konkakaf: Meksika, Panama, Kanada, Gonduras.
Afrika: Kot d'Ivuar, Nigeriya, Tunis, Marokash.
Konmebol: Argentina, Venesuela, Braziliya, Urugvay.
Yevropa: Slovakiya, Shvetsiya, Rossiya, Italiya + 2ta yo'llanma.
Okeaniya: Yangi Zelandiya.

Hozirgacha yo'llanmaga ega bo'lgan jamoalar orasida Iroq, Marokash, Venesuela, Shvetsiya va Rossiya o'smirlari birinchi bor o'smirlar o'rtasidagi (U17) jahon chempionatida ishtirok etishadi.

O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida 26 avgust kuni Abu Dabida qur'a tashlanadi. Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo qitasi chempioni sifatida qur'a tashlash jarayonida 1-savatchadan o'rin olishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: