Slimani Fransiya chempionatiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2022
"Sporting" hujumchisi Islom Slimani Fransiyaning "Brest" klubiga o'tdi.

Klub sayti xabariga ko'ra, 34 yoshli jazoirlik futbolchi uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

U yangi jamoasida 13-raqamda harakat qiladi.

"Men murabbiy bilan gaplashdim va uning ishonchini his qildim. Bu futboldagi eng muhim narsa", – dedi jamoaga yangi kelgan futbolchi.

Slimani o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Sporting" safida o'tkazib, 9 ta uchrashuvda 4 ta gol urgan. U mavsumning birinchi qismini "Lion"da o'tkazgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News