"Sky Sports" nashri finalning eng yomon futbolchisini aniqladi

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023
"Sky Sports" nashri kecha tunda bo'lib o'tgan "Manchester Siti" va "Inter" o'rtasidagi YCHL finalida o'ynagan futbolchilarga baho qo'yib chiqdi.

Unga ko'ra, uchrashuvda kiritilgan yagona gol muallifi 26 yoshli Rodri 10 balli tizimda 9 ballga baholandi. Shuningdek, tarkibdagi Ederson, Ruben Diash, Erling Xoland hamda Kevin de Bryuyne 7 ballga loyiq ko'rildi.

"Inter" darvozaboni Andre Onana, himoyachilar Matteo Darmian, Franchesko Acherbi, Alessandro Bastoni, yarim himroyachilar Marcelo Brozovich va Federiko Dimarkoga ham 7 ball qo'yilgan.

Uchrashuvning eng yomon futbolchisi sifatida 4 ball olgan Romelu Lukaku qayd etildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports