Skamakka "Yuventus"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 dek 2021
"Sassuolo" forvardi Janluka Skamakka "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "keksa sinora" ayni damda yangi hujumchi izlash jarayonida. Klubning Mauro Ikardi, Per-Emerik Obameyang va Antoni Marsyal bilan muzokaralari omadsiz yakunlandi. Shu sababli klub 22 yoshli futbolchining variantini ko'rib chiqmoqda.

"Yuventus" qishda futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.

Ushbu mavsumda Skamakka A Seriyada 6 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport