Sirdaryo viloyati kubogi. Chorak final bahslari yakunlandi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2021
O'tgan hafta Sirdaryo viloyati kubogining chorak final uchrashuvlari o'tkazildi.

Boyovut tumanining ikki jamoasi – “Istiqlol” va “Boyovut Texno Klaster” bahsida mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'llanma oldi.
“Lochin” esa “Yangier Artel” klubini qabul qildi hamda 7:1 hisobida g'alaba qozondi. “Universitet” esa “Yangier FMM”ni penaltilar seriyasida engib, yarim finalga yo'llanma oldi.

“Oqoltin” esa “Obod” klubini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.


Sirdaryo viloyati kubogi ¼ final
“Istiqlol” – “Boyovut Texno Klaster” – 2:1
“Lochin” – Yangier Artel - 7:1
“Universitet GDU” – “Yangier FMM” – 1:1 (penaltilar – 3:0)
“Oqoltin” – “Obod” – 3:0


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia