Sinisha Mixaylovich kasalxonadan chiqarildi

Mirjalol Normatov
7 fev 2020
"Bolonya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich leykamiya antivirus terapiyasidan keyin kasalxonadan olib chiqildi.

Serbiyalik murabbiy kasallikka qarshi kurashishda davom etadi. U jamoasining A Seriyadagi bir necha o'yinlarini o'tkazib yubordi.

"Mixaylovich ertalab "Seranoli" kasalxonasidan olib chiqildi. Uning so'nggi natijalari anchagina qoniqarli ko'rinish hosil qilgandi. Vrachlarning ma'lumotiga ko'ra, murabbiy o'zini yaxshi his qilmoqda", - deyiladi xabarda.

Bugun "Bolonya"ning "Roma"ga qarshi o'yinida Sinisha Mixaylovich murabbiylar shtabida bo'lishi yoki bo'lmasligi borasida ma'lumotlar berilmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport