Simone Dzadza: Italiya Evro-2016da xuddi tankdek bo'lishi lozim

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016, 12:45
Yuventus hujumchisi Simone Dzadza Italiya terma jamoasining Evro-2016dagi ishtiroki haqida o'z taxminlarini bildirdi.

Biz xuddi tank kabi bo'lishimiz kerak. O'yinni o'zgartirib yubora oladigan futbolchilarga egamiz. Faqat oldinga intilishimiz zarur.

Italiyada balki hozir oldingidek qobiliyatli futbolchilar yo'qdir. Biroq hozirgi tarkib ham o'zidan yorqin iz qoldirishi mumkin, – deydi Dzadza.

Eslatib o'tamiz, Italiya Yevropa chempionati guruh bosqichida Belgiya, Shvetsiya va Irlandiya bilan o'ynaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net