Simeone faoliyatini "Bolonya"da davom ettirishi mumkin

5 iyul 2020, 22:47
Xabaringiz bor, Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'li Jovanni joriy mavsumni ijara asosida "Kalyari"da o'tkazmoqda.

CalcioMercato xabariga ko'ra, transfer huquqi "Fiorentina"ga tegishli bo'lgan futbolchi "Bolonya" tarkibiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Florenciya klubi rahbariyati Jovanni Simeoneni qo'yib yuborishga qarshi emas. Buning uchun da'vogar jamoa 20 mln evro to'lab bersa bo'lgani.

Ma'lumot uchun, kichik Simeonega Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi ham qiziqish bildiryapti.


Manba: CalcioMercato