Shveytsariya klubi 0:10 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng 11 nafar futbolchini haydadi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2014
Shveytsariyaning to'rtinchi divizionida ishtirok etuvchi Grenxen klubi 11 nafar futbolchi bilan hamkorlikni to'xtatishga qaror qildi.
Ushbu holat jamoaning Lyucern yoshlariga qarshi o'yinda 0:10 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng qayd etildi.

Bu juda keskin qaror, leyin bu futbolchilar liga saviyasiga mos emas.

Ishlar yomon ketayotganida nimanidir o'zgartirish kerak. Men kam gapirib ko'p ishlaydigan odamman, – deydi klub sport direktori Renato Brun.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru