O'yin boshlanishi oldidan sobiq Chexoslavkiyaning afsonaviy futbolchisi, 1962 yilgi “Oltin to'p” sohibi Yozef Masopustning vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut saqlandi.
Praga shahrida o'tkazilgan o'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad shvetsiyalik futbolchilarga kulib boqdi. 4:3 hisobida zafar quchgan Shvetsiya terma jamoasi Yevropa chempioniga aylandi.
1972 yildan beri ikki yilda bir marotaba o'tkazib kelinayotgan yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida Shvetsiya terma jamoasi o'z tarixida ilk bor qita chempioni bo'ldi. Shuningdek, Shvetsiya va Portugaliya terma jamoalari 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan Olimpiada yo'llanmasini ham qo'lga kiritishdi.