Shupo-Motingda koronavirus aniqlandi

Aslanov Jasurbek
24 noya 2021
"Bavariya" hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Motingda koronavirus aniqlandi.

32 yoshli kamerunlik futbolchi kasallik tashxisi qo'yilganiga qaramay, o'zini yaxshi his qilmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda Shupo-Moting "Bavariya" tarkibida 12 o'yin o'tkazib, 8 gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan. 

Eslatib o'tamiz, 21 noyabr kuni forvard koronavirusga chalingan kishi bilan muloqotda bo'lgani uchun karantinga olingandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FCBayern